Koreya prava testi (필기시험): savollar va ballar
Nazariy imtihon — pravaga yo‘ldagi birinchi va ko‘pchilik uchun eng qiyin bosqich. Savollar rasmiy bazadan olinadi, shuning uchun ularni oldindan o‘rganib borish mumkin.
Imtihon formati
- 40 ta savol, kompyuterda yechiladi.
- 100 ball maksimal. 2종 uchun 60, 1종 uchun 70 ball yetarli.
- Savollar rasmiy bazadan (1000 dan ortiq savol) tanlanadi.
Savol turlari va ballari
| Turi | Soni | Ball |
|---|---|---|
| Matnli savollar | 20 | 20 × 2 = 40 |
| Rasmli vaziyatlar | 14 | 14 × 3 = 42 |
| Yo‘l belgilari | 4 | 4 × 2 = 8 |
| Videoli vaziyatlar | 2 | 2 × 5 = 10 |
Rasmli va videoli savollarda ko‘pincha ikkita javob tanlash kerak bo‘ladi — savolda “Select TWO” deb yozilgan bo‘lsa, ikkalasi ham to‘g‘ri bo‘lmasa ball berilmaydi.
Qaysi mavzular ko‘p tushadi
- Tezlik chegaralari (masalan, avtomobil yo‘lida eng yuqori 90 km/soat).
- Alkogol: qondagi spirt 0,03% dan boshlab haydash taqiqlanadi.
- Chorrahada ustuvorlik, burilish, piyodalar o‘tish joyi.
- Jarimalar, ballar va guvohnomani to‘xtatish holatlari.
- Avtomobil tuzilishi va xavfsiz haydash.
Qanday tayyorlanish kerak
Savollarni yodlash emas, kalit so‘zlarni tanish muhim: “yield” — yo‘l berish, “overtaking” — quvib o‘tish, “paved intersection” — asfaltlangan chorraha. Kalit so‘zni bilsangiz, to‘g‘ri variantni tez topasiz.
Xato qilgan savollaringizni qayta-qayta takrorlang. YO‘LDA ilovasi buni avtomatik qiladi: xato savol 1, 3 va 7 kundan keyin yana chiqadi. Rejali tayyorlanish uchun: 2 haftalik reja.
Ko‘p so‘raladigan savollar
Koreya prava testi nechta savoldan iborat?
40 ta savol, 100 ballik tizim. 2종 uchun 60 ball, 1종 uchun 70 ball kerak.
Prava testini ingliz tilida topshirsa bo‘ladimi?
Ha, savollar ingliz tilida ham mavjud. YO‘LDA ilovasida har bir savol ingliz va koreys tilida, o‘zbekcha tahlil bilan.
YO‘LDA bilan tayyorlaning
1136 ta rasmiy savol o‘zbekcha tahlil bilan, 40 savollik sinov imtihoni, 3D avtodrom simulyatori va video darslar — bitta ilovada.